Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan bo’yicha o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 8-may kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat koʻrsatuvchi HKQOtryadida, kon havosidan namuna olish uslubi va qoʻllaniladigan asbob-uskunalar toʻgʻrisida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Otryad GTL mudiri rahbarligida oʻtkazilgan ushbu mashgʻulotda, yer osti laximlaridagi nisbiy namlik darajasi va havo haroratini oʻlchash uchun moʻljallangan “Assman” aspiratsiya psixrometri va uning masofadan turib o’lchovchi zamonaviy turi xamda kon laxmlaridagi xavfli gazlarning tarkibiy qismlarini tezkor uslubda aniqlashga muljallangan AM-5 aspiratorini tekshirish va sozlash ishlarida hajmini aniqlash va zichligini tekshirish uchun moʻljallangan IO-1 xajm oʻlchovchi uskunaning texnik tavsifi, tuzulishi va ishlash mexanizmi xamda undan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalari shaxsiy tarkibga yetkazildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment