Joriy yilning 15 avgust kuni “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi bo’limma shaxsiy tarkibining maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlari to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi texnik ishlar o’tkazildi.
Bo’linma komandirlar tarkibi rahbarligi o’tkazilgan ushbu texnik ishlar davomida, kon qutqaruv ishlarida bevosita qo’llaniladigan nafas olish aʻzolarini xavfli gazlardan himoya qiluvchi (R-30) respiratorini qismlarga ajratish va shay holatga keltirish, germetikligini tekshiriruvchi (UKP-5) qurilmasining texnik xususiyatlari, tuzilishi, tekshirishlar olib borish xamda kichik xajmli kislorod balolarini tibbiy kislorod bilan to’ldirish uchun mo’ljallangan (KD-8) qurilmasidan foydalanish tartibi va texnik havfsizlik qoidalari to’g’risidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.
AVG
2023
About the Author: