HKQQ bo’linmalari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi korxona va inshootlar kon majmualarining yong’inga qarshi himoya tizimini barqaror ishlashi xamda avariyalar sodir bo’lganda tezkorlik bilan bartaraf etish chora-tadbirlarini samarali amalga oshirilishini taʻminlash maqsadida, korxona raxbariyati bilan kelishilgan rejaga muvofiq profilaktik tadbirlar o’tkazilib kelinadi.
Navbatdagi profilaktik tadbirlar kuni kecha, Harbiylashtirilgan kon qutaruv otryadi tomonidan “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli “Qizilolma” kon majmuasining portlovchi moddalar saqlash omborida va “Dehqonobod” HKQVzvodi komandirlar tarkibi tomonidan “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmuasida yong’in xavfsizlik koidalariga to’la amal qilinayotganligi, ishlab turgan kommunikasiya qurilmalarining texnik jihatdan sozligi, konni shamollatish tizimining barqaror ishlashi, yong’inga qarshi suv taʻminoti manbalarini, shu jumladan yong’inni o’chirishning birlamchi vositalarini ishga yaroqli holda saqlanishi va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishi bo’yicha o’rganish ishlari o’tkazildi.
ShareAVG
2023
About the Author: