PROFILAKTIK TADBIRLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO’LIDA!

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Angren kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi tomonidan “Angren shaxta qurilish boshqarmasi” qarashli samarchuk uchastkasida navbatdagi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Uchastka muxandis-texnik xodimi va otryad komandirining profilaktik ishlar bo‘yicha yordamchisi ishtirokida o‘tkazilgan ushbu profilaktik tadbirlar jarayonida, uchastkaning avariyalarga qarshi ishlash tizimining holati, elektr-energiya manbaalarining yaroqliligi va ulanishda xavfsizlik talablariga muvofiq o‘tkazilganligi, tik lahimlarning va zaxira chiqish yo‘llarining texnik talablarga mosligi o‘rganildi. Shuningdek, xizmatga tayinlangan yosh respiratorchilarni apparatga ulangan holda kon sharoitiga moslashuvchanligini oshirish bo‘yicha qator amaliy mashqlar bajarildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment