HKQQ shtabi rahbar xodimlari va barcha bo‘linmalar komandirlar tarkibi ishtirokida 2023 yil yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 23 yanvar kuni Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabi videokonferensiyalar o‘tkazish zalida HKQQ shtabi rahbar xodimlari va barcha bo‘linmalar komandirlar tarkibi ishtirokida 2023 yil yakuni bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

HKQQ komandir-rahbarlar seminar yig‘ilishini shtab boshlig‘i M.M.Abdibayev ochib berdi va ma’ruza qildi. 2023 yilda HKQQ bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2024 yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilinganligini inobatga olib, qator vazifa va topshiriqlar berilgani haqida ma’lumot berdi.

HKQQismi Nizomi va ichki me’yoriy xujjatlarni davlat tiliga taxrir qilish ishlari, tezkor-texnik profilaktika ishlari, bo‘linmalarda o‘tkazilgan monitoring va attestatsiya yakunlari, kadrlar ishi va ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash hamda HKQQismi faoliyatiga muvofiq “Ommaviy axborot vositalari” (televideniya, gazeta va jurnallar hamda rasmiy veb-sayt)da yoritilgan yangiliklar, bo‘linmalarning moddiy-texnik bazasini takomillashtirishga qaratilgan ishlar, jismoniy va saf tayyorgarligi hamda GTL faoliyatida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida yig‘ilish ishtirokchilariga ma’lumot berildi.

Yig‘ilish yakunida HKQQ bo‘linmalar tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari taxlil qilingan holda ko‘tarilgan masalalar muxokamasidan kelib chiqib, HKQQ tizimida 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment