Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

2024 yil 27 mayda “Sharg’unko’mir” AJ ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
Tadbir jarayonida, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda kon-qutqaruv asbob-uskunalar bilan harakatlanishni ta’minlash bo’yicha choralar ko’rilganligi, yong’inga qarshi himoya tizimining hamda zahira chiqish yo’llarining holati o’rganildi. Tadbir yakunida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment