Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida tadbirlar o’tkazildi.

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad komandirlar tarkibi tomonidan “Qizil olma” konida hamda “O’zbekko’mir” AJ ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 2-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvod komandirlar tarkibi tomonidan SHUKQO (shaxta usulida ko’mir qazib olish) filiali konlarida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari mobaynida, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda kon-qutqaruv asbob-uskunalar bilan harakatlanishni ta’minlash bo’yicha choralar ko’rilganligi, yong’inga qarshi himoya tizimi, zahira chiqish yo’llari hamda tog’ jinslarini opirilish ehtimolini oldini oluvchi mustahkamlagichlarning holati ko’zdan kechirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment