Xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida monitoring o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 20 iyun kuni, 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi hamda “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Kauldi” koni muhandis-texnik xodimlar ishtirokida, “Kauldi” konini avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etish ishlariga tayyorgarligi hamda konning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
Tadbir mobaynida, tog’ jinslari o’pirilish ehtimoli yuqori bo’lgan kon lahimlari, tog’ jinslarini opirilish ehtimolini oldini oluvchi mustahkamlagichlar hamda zahira chiqish yo’llarining holati o’rganildi.
Tadbir yakunida bartaraf etilishi mumkin bo’lgan kamchiliklar joyida hal etilib, boshqa holatlar bo’yicha kon rahbariyatiga xabarnomalar berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment