Bo’limma shaxsiy tarkib saf ko’rigi va saf tayyorgarligi.

Posted by:

“Olmaliq KMK” AJning “Angren kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi hamda “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli obyektlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5 – Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida navbatchilikni topshirish va qabul qilish saf ko’rigi va saf tayyorgarligi o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kun tartibiga muvofiq ravishda sutkalik navbatchilikni o’tagan shaxsiy tarkib navbatchilikni topshirishi hamda xizmatga kelgan shaxsiy tarkib navbatchilikni qabul qilish jarayonida saf elementlarini to’g’ri va aniq bajarilishi, safda turish va yurish usullari, joyda turib burilishlar, harbiycha salom berish, safdan chiqish va safga qaytish, komandir (boshliq)ni oldiga borish va uning oldidan qaytish harakatlari ko’zdan kechirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment