Joriy yilning 3 iyun kuni, “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarni olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq, komandirlar va shaxsiy tarkib ishtirokida xizmat ko’rsatiluvchi konlarning ABER chizmasidagi pozitsiyalar, xududlar nomi va avariyalar sodir bo’lganda navbatchi va zaxira bo’limmalarining taktik harakatlanish yo’nalishlari to’g’risidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
HKQQ shtabi boshligʼi tomonidan 2023 yil 25 dekabrda tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining 2024 yil 28 maydagi 63-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 31 may kuni 2-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish boʼyicha amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli oʼrganish oʼtkazildi.
Oʼrganish jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi va Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirigʼiga muvofiq, ishlar olib borilayotgani xamda Oʼzbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qaror, farmoyish va topshiriqlari, Oʼzbekiston Respublikasi ...
IYN
2024
Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan.
Posted by:
2024 yil 30 mayda “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon-qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibini kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlar toʻgʻrisidagi bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida, nazariy va ko’rgazmali o’quv mashg’uloti bo’lib o’tdi.
Mashg’ulotda, kon havosidan namuna olish orqali kon laximlarini changlanish darajasini aniqlashga moʻljallangan avtomatik ejector (boʻgʻ kuchi bilan ishlaydigan mexanizm) kon aspiratori (AERA) xamda kon havosidan oʻrta hisobda namuna olish bilan undagi zararli tarkibiy qismlarni aniqlashga moslashtirilgan BRIZ-1 aspiratorining ishlatilish maqsadi, texnik tavsifi, xususiyatlari ...
MAY
2024
Gaz-taxlil laboratoriya faoliyatidan
Posted by:
2024 yil 29 mayda “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi nazariy va amaliy o’quv mashg’ulotlar jadvaliga muvofiq, er osti kon lahimlarining kon havosi harorati va namligini o’lchash uchun mo’ljallangan МВ-4М psixrometrining texnik tavsifi, xususiyatlari va foydalanish uslublari mavzusida o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot jarayonida gaz-tahlil laboratoriya mudiri tomonidan er ostida uskunadan foydalanish tartibi to’g’risidagi ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalari tomonidan 2024-yilda xizmat koʻrsatilayotgan ob’ektlarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, 24 may kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” “Qayrag’och” konida navbatdagi maxsus-taktik mashg’uloti o’tkazildi.
“Angren kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi, kon muhandis-texnik va tibbyot xodimlari ishtirokida o’tkazilgan navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’ulotida, shartli ravishda konda tog’ jinsi ko’chkini sodir bo‘lgan holatda avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, navbatchi va zahira bo’limmalarining taktik harakatlarini ...
MAY
2024
2024 yil 27 mayda “Sharg’unko’mir” AJ ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiq, konlarning haqiqiy holatiga mosligini monitoring qilish ishlari o’tkazildi.
Tadbir jarayonida, odamlarni qutqarish va avariyalarni bartaraf etishda kon-qutqaruv asbob-uskunalar bilan harakatlanishni ta’minlash bo’yicha choralar ko’rilganligi, yong’inga qarshi himoya tizimining hamda zahira chiqish yo’llarining holati o’rganildi. Tadbir yakunida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha kerakli ko’rsatmalar berildi.
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalari va shaxsiy tarkibini 2024 yilda “Avariyalarni bartaraf etish va odamlarni qutqarish bo’yicha tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi atteststsiyasidan o’tkazish” jadvaliga muvofiq, joriy yilning 20-24 may kunlari “Sharg’unko’mir” AJga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-AHKQVzvodida bo’lib o’tdi.
24-26 may kunlari o’tkazilgan monitoring ishlari jarayonida bo’limma kon-qutqaruv asbob-anjomlar va avtotexnikalarni kon-qutqaruv ishlarga shayligi, navbatchi va zahira bo‘limmaning taktik-texnik tayyorgarligi bo‘yicha bilim va mahorati, qutqaruvchilarning nazariy bilimlari atteststsiyasidan o’tkazilib, jismoniy tayyorgarlik me’yorlari topshirildi.
Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism (HKQQ) boʻlinmalari va shaxsiy tarkibini 2024 yilda “Avariyalarni bartaraf etish va odamlarni qutqarish bo’yicha tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasidan o’tkazish”jadvaliga muvogfiq, joriy yilning 20-24 may kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza” konida koq-qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” HKQVzvodida bo’lib o’tmoqda.
Ayni damda, bo’linmani monitoring ishlari jarayonida bo’limma kon-qutqaruv asbob-anjomlarning sozligi, navbatchi va zahira bo‘limmaning taktik-texnik tayyorgarligi bo‘yicha avariya-qutqaruv ishlariga shayligi, qutqaruvchi maqomi atteststsiyasi hamda jismoniy tayyorgarligi bo’yicha me’yorlarni topshirishmoqda.
2024 yil 20 mayda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi hamda kon muhandis texnik hodimlar ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Razvedka” konida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Profilaktik tadbir jarayonida, konni avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqligini monitoring qilish hamda konda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni oldini olishga yunaltirilgan tadbirlar ko’zdan kechirilib, konni shamollatish tizimi revers holatida ishlashi o’rganildi.
Navbatdagi o‘rganish ishlari HKQQ Shtabining 2024 yilda HKQQ bo‘linmalari tezkor-texnik tayyorgarligini monitoring qilish va qutqaruvchi maqomi attestatsiyasidan o‘tkazish jadvaliga muvofiq, “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi”ga qarashli ob’ektlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5- AHKQVzvodida bo‘lib o‘tdi.
Besh kun 13-17 may kunlari bo’linmada bo‘lib o‘tgan taktik-tehnik tayyorgarlik monitoringi va qutqaruvchi attestatsiya jarayonida bo‘linmaning tezkor-texnik tayyorgarligi bo‘yicha kon-qutqaruv asbob-anjomlar va avtotexnikalarning sozligi hamda jangovor shayligi, shaxsiy tarkib tomonidan ularga tehnik xizmat ko’rsatilishida hujjatlarni to’g’ri yuritilishi va amada qo’llay olish mahorati, gaz-taxlil laboratoriya ...
MAY
2024