Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini ko‘rib chiqish tartiblari
«Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qism» Internet murojaatlar va ularni ko‘rib chiqish tartiblariga O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni va HKQQ «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Nizomga asosan qollaniladi. Murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va ijrosi ustidan nazorat qilish «HKQQ» ma’sul hodimi tomonidan amalga oshiriladi.
HKQQning Tarkibiy tuzilmasiga kiruvchi bo‘linmalari rahbarlariga kelib tushgan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish va uning ustidan nazorat qilish bu vazifa yuklatilgan ma’sul xodimlar tomonidan olib boriladi.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari interfaol xizmatlarning asosiy maqsad va vazifalari
Mazkur tartib «HKQQ» Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari interfaol xizmatlarning asosiy maqsad va vazifalarini belgilagan holda quyidagilardan iboratdir:
- HKQQga murojaat Jismoniy va yuridik shaxslarning qilgan huquqlarini ta’minlash;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlarini chuqur tahlil qilish va qayta ishlash;
- Jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfatlarini himoya qilish;
- «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari» interfaol xizmatlar «HKQQ»ning rasmiy sayti orqali so‘rov jo‘natgan jismoniy yoki yuridik shaxs va so‘rovnoma jo‘natilgan ma’sul lavozimdagi rahbarlarning ma’lumotlarni ikki tomonlama almashtirish asosigagina quriladi.
Jo‘natuvchi tomonidan murojaatni rasmiylashtirish bo‘yicha talablar
Internet murojatlarni rasmiylashtirishda «HKQQ»ning rasmiy saytida maxsus shakldagi maydonni to‘ldirish talab etiladi (jismoniy yoki yuridik shaxslar murojaati uchun shakl quyida ko‘rsatilgan):
- Shakl maydonini to‘ldirishda murojaat etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxsning ma’lumotlari ko‘rsatiladi;
- Barcha ko‘rsatilgan maydonlar majburiy tarzda to‘ldirilishi shart;
- «HKQQ» rasmiy saytiga joylashtirilgan sana internet murojaat sanasi hisoblanadi, u elektron shaklda to‘ldirilib jo‘natilganidan so‘ng avtomatik ravishda qayd etiladi;
- «Murojaat matni» maydoniga joylashtirilayotgan matn xajmi chegaralanmagan.
Internet murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish
Internet murojatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojatlari to‘g‘risida»gi qonun va mazkur tartiblarga mosligiga tekshirib ko‘riladi.
Quyidagilarga rioya etilmagan Internet murojaatlar ro‘yxatga olinmaydi va ko‘rib chiqilmaydi:
- Jismoniy shaxsning yashash manzili, familiyasi, ismi va sharifiga oid to‘liq bo‘lmagan va ishonchli manbalari bo‘lmagan(so‘ngisi) arizachi mavjudligida;
- Yuridik shaxslarning mazili, idora, korxona yoki tashkilotning nomi manzili toliq bo’lmagan va ishonchli manbalari bo’lmagan hollarda;
- Elektron pochta manzili;
- Telefon raqami;
- Aniq ariza, shikoyat va taklif mavjud emasligida;
- Matn to‘laligicha bosh harflar bilan terilib so‘zlarga bo‘linmaganida.
- Murojat maxsus komissiya a’zolari tomonidan uch kun ichida ko‘rib chiqiladi, matni yozib olinadi, rasmiy murojat sifatida ro‘yxatga qayd etilib, qo‘yilgan masalalarni ko‘rib chiqish vakolatlariga ega rahbarga ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etiladi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va shikoyatlari «HKQQ»ning rasmiy saytiga kelib tushgan kundan boshlab 30 kun ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilmaydigan murojatlar 15 kundan kechikmagan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Rahbar nomiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bir oy ichida ko‘rib chiqiladi, qo‘shimcha tarzda o‘rganilishni talab etadigan murojaatlar bundan mustasno, bunday murojatlar egalariga qo‘shimach o‘rganishlar zururligi haqida 10 kun ichida ma’lumot beriladi.
Internet murojat yoki ma’lumot beruvchi uchun javob murojaat etuvchining E-mail manziliga elektron shaklda Internet murojaatda ko‘rsatilgani asosida jo‘natiladi.