O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlarini tuzish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasining Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3-fevraldagi № 27-f son farmoyishiga asosan sobiq SSSR Ko‘mir sanoatining Konda xatardan qutqaruvchi harbiylashtirlgan qismlari (HKQQ) Shtabi asosida ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari sifatida tuzilgan.
HKQQ ko‘mir, kon shaxtalari, razrezlar, ajratib oluvchi boyituvchi va briket fabrikalari hamda kon ishlarini olib boruvchi yoki yer osti inshootlaridan, kon lahimlaridan foydalanuvchi boshqa korxonalarga, muassasalarga belgilangan tartibda konda xatardan qutqarish xizmatlarini amalga oshirish yuklatilgan professional ixtisoslashtirilgan davlat tashkilotlari hisoblanadi.
“Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismli” (keyingi o‘rinlarda HKQQ) faoliyatining me’yoriy-huquqiy asosi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 23-sentyabrdagi “yer qa’ri to‘g‘risida” gi o‘zgartirishlir kiritish bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2002 yil 13-dekabrda № 444-11 Qarori bilan tasdiqlangan; “Xavfli sanoat ob’ektlari to‘g‘risida” gi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan 2005 yil 25-avgustda № 222-1 Qaror bilan maqullangan; 2005 yil 4-dekabrdagi “Qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to‘g‘risida” gi; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 04-dekabrdagi “ 332-Qarori bilan tasdiqlangan “HKQQ to‘g‘risida Nizom” hisoblanadi.
HKQQ faoliyati qismlarni tashkil etish me’yorlari, xizmatni o‘tash tartibi, harbiy intizom hususiyatlari, pul va keyim-kechak ta’minoti, avariyaviy-qutqaruv ishlarini olib borish, yer osti avariyalarini bartaraf etish usullari va uslublarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi. (“HKQQ da xizmatni o‘tash to‘g‘risida Nizom”, “Konda xatardan qutqarish xizmatlarini tashkil etish me’yorlari”, “HKQQ Intizomiy Ustavi”, “Pul ta’mionti to‘g‘risida Nizom”, “Kiyim-kechak ta’minoti to‘g‘risida Nizom”, “Konda xatardan qutqarish ishlarini tashkillashtirish va olib borish bo‘yicha HKQQ Ustavi”)