8-AНKQVda tog‘-kon metallurgiya kuni munosabati bilan 8-AНKQV tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlar volleybol jamoalari o‘rtasida “Volleybol” sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Posted by:

Xar yili may oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Respublikasida tog‘-kon metallurgiya xodimlari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Respublikamiz iqtisodiy jixatdan yuksalishi yo‘lida konchilik sohasi ham katta o‘ringa va axamiyatga egadir. Konchilik sohasida yer osti qazish ishlarini  xavfsiz olib borish yo‘lida tog‘-kon qutqaruv xizmati bo‘linmalari o‘z o‘rniga egadir.

8-AНKQVda tog‘-kon metallurgiya xodimlari kunini munosib o‘tkazish maqsadida 2017 yil 21-may kuni vzvod sport maydonida vzvod qutqaruv bo‘linmalari xamda   8-AНKQV tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlar volleybol jamoalari o‘rtasida “VOLLЕYBOL” sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Sport musobaqasida ikkala jamoa ishtirokchilari tomonidan bir biridan qiziq belashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra:

Birinchi o‘rin “G‘ujumsoy” koni volleybol jamoasiga

Ikkinchi o‘rin 12-sonli  yong‘inga qarshi kurashish bo‘linmasi

Uchinchi o‘rinni 8-AНKQV jamoasi egalladi

Barcha g‘olib jamoalar va sovrindorlar kubok va qimmatbaxo sovg‘alar bilan mukofotlandilar.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment