Saf ko’rigi o’tkazildi.

Posted by:

Boʼlinmada shaxsiy tarkibining yuksak xarbiy intizomini va oʼzaro munosabatlarini mustahkamlash, oʼz xizmat burchiga boʼlgan sadoqat va masʼuliyat hissini oshirish xamda professional kasbiy mahoratini rivojlantirishda saf tayyorgarligi mashgʼulotlari mustahkam tayanch boʼlib kelmoqda.
Shu maqsadda kuni kecha «Olmaliq KMK» AJ tasarrufidagi “Xondiza kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat koʼrsatuvchi “Xondiza” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi tezkor shaxsiy tarkibi oʼrtasida, safda yurish va turish usullari, boʼlimma saf koʼrigi xamda komandir (boshliq) tomonidan berilgan boʼyruqlarni tez va aniq bajarish xarakatlari koʼzdan kechirildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment