“Mashqda qiyin boʻlsa – amalda oson boʻladi” Kon qutqaruvchilar oʻquv amaliy mashqlarda toblanmoqda.

Posted by:

Joriy yil 1-3-aprel kunlari Olmaliq va Navoiy KMK AJ kon majmaulariga xizmat koʻrsatuvchi 5 va 8 AHKQVda tezkor shaxsiy tarkibni taktik-texnik tayyorgarlik boʻyicha bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash xamda maxsus kon qutqaruv asbob-anjomlaridan moxirona foydalangan holda avariya oqibatida qolgan odamlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatib xavfli boʻlgan xududdan evakuatsiya qilish taktik haraklar muvofiqligiga erishish maqsadida oʻquv mashgʻuloti olib borildi.
Boʻlinma komandirlar tarkibi rahbarligida oʻtkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotda, boʻlinmaga oʻquv “Trevoga” signali berish orqali shaxsiy tarkibning yigʻuv joyiga tezkorlik bilan yetib kelish, oʻziga biriktirilgan kon qutqaruv asbob-anjomlarni va avtotexnikani shay holatga keltirish, avariya yoki baxtsiz xodisa sodir boʻlgan obyektga oʻz vaqtida yetib borish va kon qutqaruv ishlarini tashkillashtirish ishlarini koʻzdan kechirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment