Yer osti yongʻinlarini oʻchirish boʻyicha amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 4-aprel kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi oʻquv konida yer osti laximlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan yongʻinlarni tezkorlik bilan bartaraf qilish, yongʻin oʻchirish vositalari va uskunalaridan samarali foydalanish tajribasini oshirish maqsadida taktik tayyorgarlik mashgʻuloti tashkillashtirildi.
Oʻquv mashgʻulotda yer osti tik, qiya va gorizontal lahimlarda kelib chiqadigan yongʻinlar koʻlamini kengayib ketmasligi uchun suv qalqonini hosil qilish va masofadan turib yongʻinni oʻchirish ishlarida boʻlimma shaxsiy tarkibi tomonidan maxsus oʻt oʻchirish suv purkagichlar (VVR-1, MVR-3) qurilmalaridan taktik jixatdan toʻgʻri qoʻllay olish borasidagi bilim va mahoratlari yanada mustahkamlandi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment