“Oʻzbekkoʻmir” AJ va 2-AHKQV hamkorlikda maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti o’tkazildi.

Posted by:

2023 yil 13 aprelda “Oʻzbekkoʻmir” AJning “Temir yoʻl transporti” filialida favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tuzilmalarining shartli zilzila, yongʻin, koʻchki sodir boʻlganda, qutqaruvchilar tomonidan qutqaruv ishlarini olib borish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha mahoratlari sinovdan o’tkazildi.
Favqulodda vaziyatlar shahar tuzilmalari rahbariyati maxsus shtab markazida birlamchi taqdim etilgan axborot bilan tanishib, taktik mashgʻulotlar oʻtkaziladigan joyga tashrif buyurishdi.
Tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda obyekt rahbariyati va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari mavzusida maxsus taktik oʻquv mashgʻulotlarida “Oʻzbekkoʻmir” AJ Fuqaro muhofazasi tuzilmalari, 2-AHKQV, Angren shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimi, Angren kon boshqarmasi, YOHTTE, Angren shahar markaziy shifoxonasi vakillari ishtirok etdi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment