“Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” “Gʻujumsoy” konida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus taktik mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq joriy yilning 15-16-aprel kunlari “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” “Gʻujumsoy” konida maxsus-taktik oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
Kon rahbariyati va muxandis texnik xodimlar xamda 8-AHKQV shaxsiy tarkibi bilan xamkorlikda, shtrek 453-a berk kon laximida yongʻin sodir boʻlganda ushbu real vaziyatda ishtirokchilarning taktik xarakatlar olib borishi xamda yongʻin ortida qolgan kon ishchisiga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish va yer yuzasiga evakuatsiya qilish mashqlari bajarildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment