Kon qutqaruvchilarning tibbiy tayyorgarlik boʻyicha bilimlari mustahkamlashlandi

Posted by:

2023 yil 19 aprelda “Navoiy KMK” AJ tasarrufidagi “Janubiy kon boshqarmasi” va “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ kon majmualariga xizmat koʻrsatuvchi 8-AHKQV xamda “Dehqonobod” HKQV tezkor shaxsiy tarkibi ishtirokida tibbiy tayyorgarlik yoʻnalishi boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, “Ekstremal holatlarda birinchi tibbiy yordam koʻrsatish” xamda shikastlanish va jaroxatlanishlarda bogʻlamalar qoʻyish usullari mavzusida nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Tezkor tibbiy xizmati boʻyicha boʻlinma komandir yordamchilari rahbarligida oʻtkazilgan ushbu oʻquv amaliyot mashgʻulotida, avariya yoki baxtsiz xodisalar tufayli jabrlanuvchi olgan turli xildagi jaroxatlar (iyak, burun, bosh, koʻkrak kafasi, barmoqlar)ga bogʻlam qoʻyish va uning nomlanishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlari tushuntirib oʻtilgan holda birinchi tibbiy yordamni koʻrsatish ketma-ketligi konspektlashtirib borildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment