Boʻlimmaning taktik-texnik tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.

Posted by:

Kuni kecha Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadining amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun moʻljallangan oʻquv konida, boʻlimma tezkor shaxsiy tarkibi tomonidan avariya-qutqaruv ishlarini tezkorlik bilan tashkillashtirishi va taktik harakatlarni olib borgan holda jabrlanuvchiga tezkor tibbiy yordamni koʻrsatish boʻyicha bilim va tajribalarini yanada mustahkamlash maqsadida taktik oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.
Avariyaviy vaziyatga yaqinlashtirilgan ushbu oʻquv mashgʻulotda, boʻlinmaga kelib tushgan habarga muvofiq, avariya-qutqaruv asbob-anjomlarni shay holatga keltirgan holda kon havosidan namuna olish, maxsus avariya-qutqaruv ishlarida qoʻllaniladigan gidroyuritmali kengaytirgich yordamida jabrlanuvchini bosib qolgan tosh va beton konstruksiyalardan halos etib, jarohat olgan aʼzolariga bogʻlamalar qoʻyish orqali hayotini saqlab qolish uchun zarur boʻlgan harakatlari amalga oshirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment