5-AHKQV Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism boʻlinmalarida monitoring ishlari va shaxsiy tarkibini qutqaruvchi maqomi attestatsiyasi davom etmoqda.

Posted by:

HKQQ boʻlinmalarining tezkor-tehnik tayyorgarligini monitoring qilish va attestatsiyadan oʻtkazish jadvaliga muvofiq, navbatdagi monitoring va attestatsiya ishlari joriy yilning 16-19-may kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodida olib borildi.
Boʻlinmaning Avariyalarni bartaraf etish va odamlarni qutqarish boʻyicha tezkor-texnik tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida, komandirlar va respiratorchilar tarkibining egallab turgan lavozimi va qutqaruvchi degan sharafli nomga har tomonlama munosibligi xamda kon qutqaruv faoliyatining oʻzi hos xususiyatlarini inobatga olgan holda avariya-qutqaruv ishlariga shayligi va jismoniy tayyorgarligi sinovdan oʻtkazildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment