8-АHKQVdida kadrlar ishi va ijro intizomi bo’yicha monitoring o’tkazildi.

Posted by:

HKQQ shtabi boshlig’i tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan, HKQQ shtabining 2023 yil 18 maydagi 46-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 22-23 may kuni 8-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish bo’yicha amalga oshirilayongan ishlar yuzasidan maqsadli o’rganish o’tkazildi.
O’rganish jarayonida O’zbekiston Respublikasining 2023 yil 30 apreldan kuchga kiritilgan Yangi Mehnat kodeksi (28.10.2022 y. 798-son O’RQ) haqida unda kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar hamda Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 12 yanvardagi 12-sonli qarori hamda 2009 yil 28 avgustdagi 11-10-topshirig’iga muvofiq, ishlar olib borilayotgani xamda O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qaror, farmoyish va topshiriqlari, O’zbekiston Respublikasi sanoat xavfsizligi davlat qo’mitasi buyruqlari, farmoyishlari, Hay’at majlisi qarorlari, topshiriqlari, HKQQ shtabi buyruq va farmoyishlari ijrosini o’z vaqtida bajarilishini ta’minlashiga alohida e’tibor qaratildi.
O’rganish natijasiga ko’ra, 8-AHKQVzvodida kadrlar ishi va ijro intizomini yuritish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bo’yicha ma’lum bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli yordam ko’rsatilgan holda dalolatnoma rasmiylashtirildi va joriy yil 2-chi kvartal yarim yillik yakuni bo’yicha HKQQ bosh mutaxassislari va bo’linma komandirlari tarkibi ishtirokida o’tkaziladigan yig’ilish kun tartibiga muxokama sifatida kiritilishi belgilandi.

 

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment