Navbatdagi hamkorlikdagi maxsus taktik o‘quv mashg‘uloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, joriy yilning 26-may kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” qarashli “Ko‘chbuloq” shaxtasining “Semg‘uron” uchastkasida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Kon majmuasi dispetcheri tomoidan, “Semg‘uron” uchastkasining 80-chi kovjoyida tog‘ jinsi o‘pirilishi oqibatida ikki nafar kon ishilari qolib ketganligi haqida xabar kelib tushgan. Bo’limma shahsiy tarkibi mahsus kon qutqaruv asbob-anjomlar bilan jixozlangan holatda, avariya sodir bo‘lgan joyga o‘z vaqtida yetib kelishgan.
O‘quv mashg‘ulot jarayonida bo‘limma shaxsiy tarkibi tomonidan avariya-qutqaruv ishlari tezkorlik bilan tashkillashtirilgan holda kon qutqaruvchilarning mahorati tufayli temir-beton konstruksiyalari ostidan qolib ketgan odamlar hayoti saqlab qolindi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment