Bo’linma kadrlar ishi va ijro intizomini mustahkamlash hamda shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligini yanada rivojlantirish bo’yicha monitoring o’rganish ishlari o’tkazildi.

Posted by:

Joriy yilning 25-26 iyul kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Chodak kon boshqarmasi” kon majmualariga xizmat ko’rsatuvchi Namangan viloyati Pop tumani joylashgan 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida kadrlar ishi va ijro intizomi xamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi bo’yicha HKQQ shtabi boshligʻining kadrlar ishi va umumiy masalalar boʻyicha yordamchisi M.Iminov va tezkor-texnik boʻlimi muhandisi O.Nazirovlar tomonidan monitoring oʻrganish ishlari oʻtkazildi.

Oʻrganish ishlari jarayonida, boʻlinma kadrlar ishi va ijro intizomi boʻyicha yuritilayotgan xujjatlarning Mehnat Kodeksiga muvofiqligi, joriy qilingan yagona milliy bazasini shakillantirishda amalga oshirilgan ishlar hamda tezkor shaxsiy tarkibning jismoniy va saf tayyorgarligi boʻyicha egallagan amaliy bilim va koʻnikmalarini sinovdan oʻtkazish maqsadida nazorat mashqlari olib borildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment