Boʻlimma shaxsiy tarkibning taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadida, bo‘linma xizmatni oʻtash va maxsus tayyorgarlik jadvaliga muvofiq, xizmat ko’rsatiluvchi kon majmualarida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni bartaraf etish va uning oqibatida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan kon qutqaruv ishlarida harakatlar taktikasini yanada rivojlantirish bo’yicha taktik – texnik tayyorgarlik mashg’uloti o’tkazildi.
Taktik o’quv mashg’uloti jarayonida, kon qutqaruvchilarning oldiga qo’yilgan vazifalarni tezkorlik va aniqlik bilan bajarish ko’nikmalari, komandirlar tarkibining boshqaruv mahorati, tezkor shaxsiy tarkibning maxsus kon qutqaruv asbob-uskunalardan moxirona foydalangan holda behush holda topilgan odamga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va uni tik lahimlardan olib o’tish harakatlari baholanib borildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment