Xamkorlikdagi maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism boʻlinmalarining 2023-yilda xizmat koʻrsatilayotgan korxonalarda hamkorlikda oʻtkaziladigan maxsus-taktik oʻquv mashgʻulotlar jadvaliga muvofiq, kuni kecha “Olmaliq KMK” AJ qarashli “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi “Pirmirob” kon majmuasida navbatdagi maxsus-taktik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg‘ulot o‘quv nuqtalariga bo‘lingan holda muhandis texnik xodimlar, tuman tez tibbiy xizmati xodimlari va 5-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida, konda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariyalar va baxtsiz hodisalarni bartaraf etish va uni oldini olishga qaratilgan hamkorlikda harakatlanish taktikasini muvofiqlashtirish ishlari olib borildi.

 

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment