Bo’limma shaxsiy tarkibining taktik – texnik tayyorgarligini yanada mustahkamlash maqsadida amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

2023 yil 4 avgustda “Olmaliq KMK” AJ “Xondiza kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” harbylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlarni belgilangan meʻyoriy vaqtlarda bajarilishini yanada mukammallashtirish yuzasidan amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Bo’linma “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”ga muvofiq o’tkazilgan o’quv mashg’ulotda, xizmat qo’rsatuvchi kon majmuasida sodir bo’lgan avariya turiga qarab tezkor shaxsiy tarkib o’ziga biriktirilgan kon qutaruv asbob-anjomlar bilan jixozlangan holda avariya sodir bo’lgan xududga etib borish, qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkillashtirish, avariya oqibatida qolgan jabrlanganga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va uni er ustiga olib chiqish bo’yicha taktik harakatlar muvofiqligi baholanib borildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment