Taktik-texnik tayyorgarlik bo’yicha bilim va mahoratni mustahkamlash yo’lida.  

Posted by:

Kuni kecha “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tasarrufidagi «Kauldi» kon majmuasida xamda “Navoiy KMK” AJ “GMZ-1” kon boshqarmada kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va “Qora-Qo’ton” HKQVzvodlarida, bo’linma xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvaliga muvofiq, bo’limma shaxsiy tarkibini kon qutqaruv ishlari bo’yicha tayyorgarliklari ko’zdan kechirildi.
Taktik-texnik tayyorgarlik kompleks mashqlari asosida o’tkazilgan amaliy o’quv mashg’ulotda konda avariya sodir bo’lganda tezkor shaxsiy tarkib tomonidan kon qutqaruv ishlarni tashkillashtirish va uni olib borish, kon havosidan namuna olib uni taxlil qilish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish va uni er yuzasiga evakuasiya qilish taktik harakatlari bajarildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment