XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 15-17 avgust kunlari “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirlar va bo’limma shaxsiy tarkibi tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Qizil-olma” kon majmuasi va shaxta qurilish boshqarmasi 5-chi shtolnida profilaktik ishlar o’tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida uzoq yillar mobaynida ishlatilib bo’lgan, xozirgi vaqtda konservasiyalangan konni qayta ishga tushurilishi munosabati bilan kon lahimlarini o’rganish, xavfsizlik choralarini ko’rish, rekonstruksiya talab qilinadigan xududlarni belgilab olish, ventilyasiya tizimini holati va o’rnatish tartibi bo’yicha qator profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment