Gaz-taxlil laboratoriya   (GTL) faoliyatida amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha amaliy-ko’rgazmali mashg’ulot bo’lib o’tdi.

Posted by:

Kuni kecha “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Kauldi” shaxtasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, gaz taxlil laboratoriya (GTL) faoliyatida amalga oshiriladigan ishlar doirasida kon havosidan namuna olishda qoʻllaniladigan asbob-anjomlarni ishlatish tartibi va tahlillarni olib borish uslublari to’g’risidagi ma’lumotlarni shaxsiy tarkibga etkazish maqsadida amaliy-ko’rgazmali mashg’ulot bo’lib o’tdi.
GTL mudiri rahbarligida o’tkazilgan ushbu oʻquv mashgʻulotda, gazlar tarkibini tahlil qilishga mo‘ljallangan zamonaviy “Gazoxrom – xromatek – 2000” uskunani ishlash tizimi, funksional imkoniyatlari va tahlil qilish usullari to’risidagi ko’rsatmalari bo’limma shaxsiy tarkibiga etkazildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment