Avariyalarni bartaraf etish rejasi (ABER)ni o’rganish ishlari

Posted by:

Xizmat ko’rsatuvchi korxona va inshootlarda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan avariyalarni bartaraf etish, avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkillashtirish va uni olib borishda, kon qutqaruvchilarning professional tayyorgarligiga alohida eʻtibor qaratilib kelinadi.
Shunday tayyorgarliklardan biri, joriy yilning 2 sentyabr kuni “Navoiy KMK” AJ “Janubiy kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida o’tkazildi.
Bo’linma “Xizmatni o’tash va maxsus tayyorgarlik jadvali”gi muvofiq o’tkazilgan ushbu mashg’ulotda, xizmat ko’rsatiluvchi konlarning ABER chizmasidagi pozitsiyalar, xududining nomi va avariyalar sodir bo’lganda navbatchi va zaxira bo’limmalarning taktik harakatlanish yo’nalishlari  to’g’risidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida o’rganish ishlari olib borildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment