Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi! 

Posted by:

Korxona va tashkilotlarda mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olishda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga amal qilish muhim hisoblanadi.
Aynan shu maqsadda kuni kecha, “DKZ” AJ kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” HKQVzvodida, bo’linma faoliyatida ishlatiladigan asbob-anjomlar, qurilmalar va texnikalarni tekshirish, sozlash, texnik ko’rikdan o’tkazish va profilaktik ishlarda biriktirilgan shaxslar tomonidan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga rioya etish bo’yicha tushunchalarini yanada mustahkamlash maqsadida ko’rgazmali o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
O’quv mashg’ulot davomida “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida»gi qonunning mazmun-mohiyati, texnika xavfsizligi bo’yicha baxtsiz xodisalarni oldini olishda eʻtibor qaratish lozim bo’lgan jihatlarga alohida to’xtalib o’tildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment