Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi doimiy nazoratda!

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi (HKQQ) bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilar va ishchi xodimlarning hayoti, sog’lig’i bilan bog’liq bo’lgan mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini taʻminlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Kon qutqaruv faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarning oldini olish maqsadida, kuni kecha “Olmaliq KMK” AJga qarashli “Xondiza kon boshqarmasi” “Xondiza” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Xondiza” HKQVzvodida, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligiga masʻul xodimlar tomonidan ish jarayonida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga amal qilish bo’yicha shaxsiy tarkib ishtirokida ko’rgazmali o’quv mashqi o’tkazildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment