Bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Posted by:

“Navoiy KMK” Aj qarashli “Janubiy kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 8-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, zaxira bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi bo’yicha bilim va ko’nikmalarni ko’zdan kechirish maqsadida, kon qutqaruv ishlarini olib borish va jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish amaliyot mashqlari o’tkazildi.
Bevosita komandirlar tarkibi kuzatuvi ostida o’tkazilgan ushbu kompleks mashqlar jarayonida, kon qutqaruv asbob-anjomlar va jangovor avtotexniklarni kon qutqaruv ishlariga shayligi, aloqa tizimini o’rnatish ishlari, kon havosidan namuna olish, yong’in sodir bo’lgan kon lahimida yong’in o’choqlari kengayib ketmasligini oldini olish bo’yicha elkanli to’siqni o’rnatish va yong’in ortida qolgan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko’rsatish ishlarini meʻyoriy vaqtlarda bajarilishi mashq qilindi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment