Shaxsiy tarkib harbiy intizomini mustahkamlash va jangovor salohiyatini oshirish maqsadida saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy mashg’uloti o’tkazildi.

Posted by:

Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning harbiy intizomi, jangovor salohiyati va ruxiyatini mustahkamlashga xizmat qiluvchi saf tayyorgarligi mashg’uloti barcha HKQQ bo’linmalarida kun tartibiga muvofiq muntazam ravishda o’tkazilib turiladi.
Navbatdagi saf tayyorgarligi mashg’uloti joriy yilning 16 sentyabr kuni “Sharg’unko’mir” AJda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 1-AHKQVzvodida o’tkazildi.
Amaliy mashg’ulotni boshlashdan avval komandirlar tarkibi o’z qo’l ostidagi shaxsiy tarkibning formali kiyim-boshlarini o’rnatilgan tartibda kiyib yurish qoidalariga rioya etilishi, doimiy ravishda yonida bo’ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi ko’zdan kechirildi. So’ng bo’limma shaxsiy tarkibi ishtirokida saf tayyorgarligi bo’yicha amaliy ko’nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida eʻtibor qaratildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment