XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 25-sentabr kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryad kon qutqaruvchilari tomonidan xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Qizil-olma” koni “Samarchuk” uchastkasida profilaktik ishlar o’tkazildi.
Profilaktik ishlar jarayonida, kon lahimlarining holati, yong’indan himoya tizimining texnik sozligi, elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik talablariga rioya etilishi hamda konni shamollatish uskunalarining barqaror ishlashi bo’yicha profilaktik tekshiruvlar amalga oshirildi. Tadbir mobaynida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish va havfsizlik choralarini ko’rish bo’yicha kon rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment