Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Posted by:

2023 yil 12 oktyabr kuni “DKZ” AJ kon majmuasida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, xizmat ko‘rsatiluvchi kon majmualarida sodir bo‘lgan avariya oqibatida qolgan odamlarni hayotini saqlab qolish maqsadida ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi va usullari haqida ko‘rgazmali amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Bo‘linma tezkor tibbiy xizmati bo‘yicha komandir yordamchisining bevosita rahbarligida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotda, birlamchi tibbiy moslamalar, ko‘rgazmali plakatlar va manikendan foydalangan holda yurakni massaj qilish va sun’iy nafas berish va har-xil ko‘rinishdagi jarohatlanishlarda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam usullari to‘g‘risidagi ma’lumoti shaxsiy tarkibga etkazildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment