Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha shaxsiy tarkibning bilim va mahorati oshirilmoqda.

Posted by:

Kuni kecha “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida, jabrlanuvchining hayoti va sog‘lig‘ini saqlash hamda tiklashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar doirasida GS-10 sun’iy havo berish apparatidan foydalanish, qo‘llanish tartibi, sun’iy havo berishda uning ta’sirchanligini oshirish jihatlari to‘g‘risida amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida tibbiy xizmat bo‘yicha komandir yordamchisi tomonidan, jabrlanuvchi tanasidagi gaz almashinuvini ta’minlash, ya’ni qonni kislorod bilan to‘yintirish orqali qondagi korbonat angidrid gazini chiqarib tashlashning harakatlanish funktsiyasi, mustaqil nafas olishni tiklashga yordam berish usullari keng yoritib berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment