Xavfsizlik talablariga muvofiqligi bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi.

Posted by:

Kuni kecha, “DKZ” AJ kon majmuasiga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi va kon majmua rahbariyati bilan kelishilgan profilaktik tadbirlar jadvaliga muvofiq, vzvod komandirlar tarkibi hamda zavod muhandis-texnik va mehnat muhofazasi hodimlari ishtirokida xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarga qarshi ishlash tizimining holati, yong’indan himoya tizimi va yong’in o’chirish manbalarining sozligi, kon infratuzilmani amaldagi xavfsizlik talablariga muvofiqligi bo’yicha profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.  
Tadbir mobaynida muntazam ishlab turuvchi qurilmalarni amaldagi texnik reglament talablariga javob berishi, yuqori quvvatli elektr qurilmalarining joylashuvi va konni shamollatish tizimining etarli darajada ishlashi ko’zdan kechirilib yagona havfsizlik qoidalariga zid bo’lgan kamchiliklarni bartaraf etish masalasida tadbir o’tkazuvchilar tomonidan kerakli ko’rsatmalar berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment