Qat’iy tartib intizom – yuksak jismoniy tayyorgarlik!

Posted by:

Joriy yilning 3 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi hamda “Xondiza kon boshqarmasi”ga xizmat ko’rsatuvchi “Xondiza” HKQVzvodlar shaxsiy tarkibining jangovor shayligini oshirish va harbiy tartib intizomoni saqlash maqsadida, jismoniy va saf tayyorgarligi amaliy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.
“Xizmatni oʻtash va maxsus tayyorgarlik jadvali»ga muvofiq olib borilgan ushbu mashqlarda, kon qutqaruvchining jismoniy va saf tayyorgarligi bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlarini yanada mukammallashtirish hamda komandir (boshliq) va shaxsiy tarkib o’rtasida o’zaro munosabatlarni qo’llab-quvvatlash, jangovar birodarlikni mustahkamlash, komandir (boshliq)larga va bir-biriga hurmat ko’rsatishda harbiycha salomlashish sifatlari oshirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment