XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

Joriy yilning 12 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi komandirining profilaktik ishlar bo‘yicha yordamchisi ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, shaxta qurilish boshqarmasiga qarashli “Qayrag’och” konida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
    Profilaktik tadbir mobaynida, konni avariyalarni bartaraf etish rejasiga ko’ra muntazam ishlab turuvchi qurilmalar, yong’inni bartaraf tizimining amaldagi texnik reglament talablariga muvofiqligi, kon lahimlarining holati va o’rnatilgan elektr energiyani uzatish tarmoqlarining yaroqliligi va foydalanishda texnik havfsizlik talablariga rioya etilishi ko’zdan kechirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment