XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!

Posted by:

 Joriy yilning 19 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” kon majmualarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi profilaktik ishlar bo’yicha komandir yordamchisi va kon muhandis-texnik xodimi ishtirokida, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “Ko‘chbuloq” konining “Semg’uron” uchastkasida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Tadbir jarayonida, xizmat ko’rsatiluvchi ob’ektlarning avariyalarni bartaraf etish rejasiga muvofiqlik monitoringini olib borish ishlari, konni shamollatish tizimining holati o’rganildi va shu bilan birga kon ishchilarining avariyaviy holatlarda o’z-o’zini qutqaruvchi (SI-30) qurilmasini qo’llash bo’yicha ko’rsatmalari berildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment