XAYRIYA TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA.

Posted by:

Yurtimizda mehr-oqibat, o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlash,  kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash Hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan xayrli sa’y-harakatlarda ustuvorlik kasb etadi.

Xalqimiz qoniga singib ketgan saxovat, mehr muruvvat, bag‘rikenglik kabi ezgu qadriyatlarimiz muqaddas Ramazon oyida yaqqol ifodasini topmoqda.

Davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan ezgu tashabbuslar ijrosida “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasi sifatida har qadamda namoyon bo‘lmoqda.

Jumladan, joriy yil 29 mart  sanasida  Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi shtabi  xodimlari  tomonidan Tog‘-kon, geologiya va sanoat xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi tashabbusi bilan muqaddas Ramazon oyida o‘tkazilayotgan xayriya tadbirlaridan ilhomlanib,  “Yangi hayot” tumani “Choshtera” MFYda istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida  kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib ularga kundalik ro‘zg‘orlik uchun zarur  oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

0

About the Author:

  Related Posts
  • No related posts found.

Add a Comment