Joriy yilning 6 fevral kuni “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli shaxta usulida ko’mir qazib olish filiali SHUQQO ko’mir koni rahbariyarining tegishli ko’rsatmasi bilan uzoq yillar mobaynida ishga tushurilmayotgan konni ishga tushurilishi munosabati bilan “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar va shaxsiy tarkibi ishtirokida kon lahimlarini o’rganish va xavfsizlik choralarini ko’rish maqsadida texnik ishlar olib borildi.
Gaz-tahlil laboratoriya faoliyatidan!
Posted by:
2024 yil 6 fevral kuni “Olmaliq KMK” AJ tasarrufidagi “Kauldi” konida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-chi alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi gaz taxlil laboratoriya mudiri rahbarligida, konda portlatish ishlaridan so‘ng kon lahimlaridagi xavfli gazlar miqdorini aniqlash va olingan namunalarni tahlil qilish usullari to’g’risida nazariy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Mashg’ulot jarayonida, konda portlatish ishlaridan so’ng vujudga keladigan gazlar to’g’risidagi ma’lumoti va namuna olishda qo’llaniladigan asbob-uskunalardan foydalanish bo’yicha ko’rsatmalari shaxsiy tarkibga etkazildi.
Joriy yilning 3 fevral kuni, “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” konlarida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi hamda “Xondiza kon boshqarmasi”ga xizmat ko’rsatuvchi “Xondiza” HKQVzvodlar shaxsiy tarkibining jangovor shayligini oshirish va harbiy tartib intizomoni saqlash maqsadida, jismoniy va saf tayyorgarligi amaliy o’quv mashg’ulotlari o’tkazildi.
“Xizmatni oʻtash va maxsus tayyorgarlik jadvali»ga muvofiq olib borilgan ushbu mashqlarda, kon qutqaruvchining jismoniy va saf tayyorgarligi bo‘yicha egallagan bilim va mahoratlarini yanada mukammallashtirish hamda komandir (boshliq) va shaxsiy tarkib o’rtasida ...
FEV
2024
2024 yil 2 fevral kuni, “DKZ” AJ kon majmualariga xizmat ko’rsatuvchi “Dehqonobod” Harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, kon-qutqaruvchilarning issiqlikka chidamliligini tekshirish maqsadida maxsus tayyorgarlik mashqlari bo’lib o’tdi. Jismoniy yuklamalar berish orqali ularning kardio ko’rsatkichlarini me’yoriy ko’rsatkichlar bilan muvofiqlik darajasiga hamda tananing issiq muhitga moslashuvchanligini oshirishga erishildi.
XAVFSIZLIK BIRINCHI NAVBATDA!
Posted by:
Joriy yil 2 fevralda “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon qutqaruv otryadi bo’limma shaxsiy tarkibi tomonidan, xizmat ko’rsatiluvchi konlarda profilaktik tadbirlarni olib borish jadvaliga muvofiq, “CHumauk” va “Samarchuk” uchastkalarida profilaktik tadbirlar o’tkazildi.
Profilaktik tadbirlar jarayonida, konlar infratuzilmasini amaldagi xavfsizlik talablariga muvofiqligi va shamollatish tizimining holati ko’zdan kechirildi.
Yurtimizda davom etayotgan «Yong‘in xavfsizligi oyligi» doirasida, kuni kecha Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutaruv ishlarini olib boruvchi 5-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi shaxsiy tarkibi ishtirokida yong’inlarni oldini olish borasida taktik-texnik tayyorgarlik o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
O’quv mashg’ulotida, shaxsiy tarkibga yong’in turlari, kelib chiqish sabablari va hatarli omillari hamda yo’ng’inni bartaraf etishda qo’llaniladiga kuch vositalari to’g’risida ko’rgazmali plakatlar va video ko’rinishidagi ko’rsatmalaridan foydalanildi. Mashg’ulot yakunida yo’ng’inni o’chirish amaliyoti bo’yicha bajarildi.
Rahbar mas’uliyati – faoliyat barqarorligi!
Posted by:
Joriy yil 30 yanvar kuni Harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi shtabi boshligi tomonidan, “O‘zbekko‘mir” AJga qarashli konlarga xizmat ko‘rsatuvchi Angren shahrida joylashgan, 2-chi Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodiga tashrif buyurib, bo’linmaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi hamda gaz-tahlil laboratoriya faoliyatini ko’zdan kechirdi.
O’rganish ishlari mobaynida shaxsiy tarkib bilan suhbat o’tkazib, kon-qutqaruvchilarning professional kasbiy mahoratini oshirish, jangovor va harbiy ijro intizomini mustahkamlash, kun tartibiga muvofiq xizmatni olib borishda kon-qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ularning qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Saf tayyorgarligi bo’limma jangovor tayyorgarligining asosiy bo’gini bo’lib, shaxsiy tarkibning irodasini toblaydi, o’z jismini boshqara olishni rivojlantiradi, sinchkolikni, kuzatuvchanlikni, jamoaviylikni va qat’iyatlikni tarbiyalashga yordam beradi.
Aynan shu sifatlarni shaxsiy tarkib o’rtasida yanada rivojlantirish maqsadida, “Olmaliq KMK” AJ “Kauldi” konida kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 10-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi komandirlar tarkibi rahbarligida saf tayyorgarligi mashg’uloti o’tkazilmoqda.
Joriy yil 26 yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ “Angren kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv otryadi zahira bo’limma shaxsiy tarkibining taktik-tehnik tayyorgarligi, shaxsiy tarkibga yuklatilgan vazifani bajarishda ularning birdamligi va uyushqoqligi hamda o’ziga biriktirilgan kon-qutqaruv asbob-anjomlardan to’gri va samarali foydalanilishini o’rganish maqsadida amaliy o’quv mashg’uloti o’tkazildi.
Otyadga “TREVOGA” xabarini berish orqali shaxsiy tarkibning jangovor shayligi, maxsus asbob-uskunalni kon-qutqaruv ishlariga tayyorlash ishlari, taktik harakatlarni amalga oshirgan holda avariya oqibatida qolgan odamlar izlab topish, ularga birinchi tibbiy ...
YAN
2024
Yuksak intizom va shaxsiy mas’uliyat!
Posted by:
Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak xarbiy intizomini mustahkamlash, o‘z xizmat burchiga bo‘lgan sadoqat va ma’suliyat hissini oshirish va xizmatdagi qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tishga ko‘maklashuvchi saf tayyorgarlik mashg‘ulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ «Angren kon boshqarmasi» konlariga xizmat ko’rsatuvchi HKQOtryadi va “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodida amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Otryad va vzvod komandir yordamchilari rahbarligida olib borilgan mashg‘ulot jarayonida shaxsiy tarkibning ust-boshi, xujjatlari va mashg‘ulotga ...
Continue Reading →YAN
2024