(Uzbek) 8-AHKQV qutqaruv bo‘linmalarining “Zarmitan” koni injener-texnik xodimlari bilan xamkorlikda o‘tkazilgan maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti

Добавил:

 

 

 

 

 

8-AXKQV qutqaruv bo‘linmalarining “Zarmitan” koni injener-texnik xodimlari bilan xamkorlikda  o‘tkazilgan  maxsus-taktik  o‘quv mashg‘uloti

XKQQ Shtabi boshlig‘ining 12.01.2017 yilda tasdiqlangan jadvalga muvofiq 10.09.2017 yil kuni “Zarmitan” koni injener-texnik xodimlari bilan xamkorlikda  FBQRning 116 — xolati bo‘yicha 8-AXKQV ning ikki tog‘-kon qutqaruv bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Bo‘linma shaxtaga tushishga tayyorgarlik jarayoni

Topshiriqga muvofiq navbatchi qutqaruv bo‘linmaga falokatga uchragan tog‘-kon ishchisini topib, birinchi yordam ko‘rsatib, toza xavoga olib chiqib, kon sog‘lomlashtirish xodimlariga topshirish yuklatildi.  Rezerv bo‘linmaga yong‘in o‘chog‘ini topib yong‘inni bartaraf etish topshirig‘i berildi.

 

Navbatchi bo‘linma xarakati

 

Jabrlanuvchini stvol orqali evakuatsiya jarayoni

 

Navbatchi qutqaruv bo‘linma tog‘-kon qutqaruvchilari falokatga uchragan ishchini topish bo‘yicha razvedka tashkil etib, falokatga uchragan ishchini topib, birinchi yordam ko‘rsatib, oldiga qo‘yilgan topshiriqni a’lo darajada amalga oshirishib tog‘-kon ishchisi T.Mirzaqodirovni yer yuzasiga olib chiqishib kon sog‘lomlashtirish bo‘limi xodimlariga topshirildi.

 

 

Yong‘inni o‘chirish jarayoni

 

Yong‘in ro‘y bergan joydan xavodan namuna olish

Rezerv qutqaruv bo‘linma xam oldiga qo‘yilgan topshiriqni a’lo darajada bajarildi. Yong‘in ro‘y bergan hudud yong‘in qoldiqlaridan tozalanib, yong‘in oqibatlarini o‘rganildi.

Qutqaruv bo‘linmalar XKQQ tog‘-kon qutqaruv ishlari tashkil etish va olib borish Nizomi, xamda taktik-texnik tayyorgarlik bo‘yicha yo‘riqnomalarga rioya qilgan xolda xarakat qilishdi.

Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti vaqtida “Zarmitan” koni raxbariyati tomonidan  8-AXKQV qutqaruv bo‘linmalari qutqaruv ishlarini olib borish va tashkillashtirish bo‘yicha xatti-xarakatlariga e’tiroz va noroziliklar bildirilmadi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий