Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni!

Добавил:

Bilamizki, ilm va ma’rifatni azaldan yuksak qadrlab kelgan xalqimizda “ustoz”, “muallim” kabi so‘zlar “vatan”, “iymon” kabi tushunchalar bilan bir qatorda muqaddas sanaladi. Sharq falsafasida ustozning o‘rni, ilm o‘rganish masalasida ajdodlarimiz ko‘rsatgan ko‘hna ibrat bugungi ta’lim-tarbiya jarayonlarida ham biz uchun asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mamlakatimizda 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni deb e’lon qilinganligi, mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shayotgan ming-minglab o‘qituvchilar, ustoz va murabbiylar mehnatining yuksak e’tirofi, ularga bildirilgan hurmat va e’tibor namunasidir.
Shu munosabat bilan ustoz va murabbiylarni qutlash tadbirlari bugun barcha harbiylashtirilgan kon qutqaruv qismi bo’linmalarida o‘tkazilmoqda. Tadbirga ko’p yillar davomida kon qutqaruv tizimida ustoz-shogird an’anasini davom ettirib kelayotgan xodimlar, nafaqadagi mehnat faxriylari taklif qilindi va ularga yuksak extirom ko’rsatilib esdalik sovg’alari ulashildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий