Bo’linmaning qutqaruv va kuch-vositalarining shayligi o‘rganilmoqda.

Добавил:

Xizmat ko‘rsatiluvchi korxona va tashkilotlarda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi avariyalar va baxtsiz xodisalarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda ishchi-xizmatchilarning xavfsizligini ta’minlashda, kon qutqaruvchilarning o’z professional tayyorgarliklarini mukammallashtirib borishda o’tkazilib kelayotgan amaliy o‘quv taktik mash’ulotlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu maqsadda, joriy yilning 21-22 oktyabr kunlari, “O‘zbekko‘mir” AJ tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 2-alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodi xamda “DKZ” AJ kon majmualariga xizmat ko‘rsatuvchi “Dehqonobod” HKQVzvodi shaxsiy tarkibini taktik tayyorgarlik bo‘yicha komleks mashqlarni me’yoriy vaqtlarda bajarilishi bo‘yicha nazorat ishlari olib borildi. 
Мashqlarda maxsus kon-qutqaruv asbob-anjomlar, tibbiy uskunalar hamda avtotexnikalar jalb etildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий