HKQQ tizimida O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining  32 yilligi munosabati bilan seminar tadbir o‘tkazildi.

Добавил:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzidir.

Davlatimiz, millatimiz iftixori bo‘lmish mustaqil O‘zbekistonning “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganligining 32 yilligi barcha davlat idoralarida keng miqyosda nishonlanmoqda.

Joriy yil 18 noyabr kuni Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qismi tizimida  “Davlat ramzlari” mavzusida shaxsiy tarkib ishtirokida o‘tkazilgan seminar tadbirda bayrog‘imiz haqida ma’lumot berildi.

Jumladan, bayrog‘imiz o‘zida butun O‘zbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni mujassam etgan. Milliy bayrog‘imizning davlat idora va muassasalari, o‘quv yurtlari, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlar, chet ellardagi elchixona va doimiy vakolatxonalarimiz peshtoqida hilpirab turishi, turli bayram va tantanalarda, mamlakatimiz vakillari qatnashayotgan xalqaro miqyosdagi siyosiy, madaniy-ma’rifiy tadbirlarda, nufuzli sport musobaqalarida Vatanimizning sha’ni, xalqimizning g‘ururini yorqin aks ettirishi barchamizga iftixor baxsh etadi. Masalan, xalqaro sport bellashuvlarida g‘alaba qozongan sportchilarimiz sharafiga yurtimiz bayrog‘i baland ko‘tarilgan lahzada har birimiz cheksiz hayajonga tushamiz, hech kimdan kam emasligimizni his qilamiz.

Davlat ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgidir. Respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon- sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz ifodasidir.

Davlat ramzlari hamisha muqaddas va ulug‘ sanaladi. Chunki u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etgan Vatanning yorqin timsolidir.

Mustaqil davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har nedan ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz yodda tutishimiz shart.

Bayrog‘imizning balandligi yurtimizning obro‘-nufuzi yuksakligidan dalolatdir. Shunday ekan, sarbaland qaddimiz va qadrimiz timsolini hamisha e’zozlaylik va boshimiz uzra baland ko‘taraylik!

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий