Yuksak intizom va shaxsiy mas’uliyat!

Добавил:

Harbiylashtirilgan kon-qutqaruv qism bo’linmalarida xizmat qilayotgan kon qutqaruvchilarning yuksak xarbiy intizomini mustahkamlash, o‘z xizmat burchiga bo‘lgan sadoqat va ma’suliyat hissini oshirish va xizmatdagi qiyinchiliklarni mardonavor yengib o‘tishga ko‘maklashuvchi saf tayyorgarlik mashg‘ulotlarini muntazam ravishda takomillashtirib borish bo‘yicha kuni kecha, “Olmaliq KMK” AJ «Angren kon boshqarmasi» konlariga xizmat ko’rsatuvchi HKQOtryadi va “Chodak kon boshqarmasi” tasarrufidagi konlarda kon qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-AHKQVzvodida amaliy o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Otryad va vzvod komandir yordamchilari rahbarligida olib borilgan mashg‘ulot jarayonida shaxsiy tarkibning ust-boshi, xujjatlari va mashg‘ulotga tayyorgarligi tekshirilib, har-bir kon qutqaruvchi tomonidan safda yurish va turish usullarini bajarish, komandir (boshliq)ga harbiycha salom berish tartibi va berilgan buyruqlarni tezkorlik va aniqlik bilan bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий