Bo‘limma shaxsiy tarkibining taktik-texnik tayyorgarligi ko’zdan kechirildi.

Добавил:

2024 yil 24 martda “Olmaliq KMK” AJ “CHodak kon boshqarmasi” ob’ektlarida kon-qutqaruv ishlarini olib boruvchi 5-Alohida harbiylashtirilgan kon qutqaruv vzvodida, bo’limma shaxsiy tarkibining avariya-qutqaruv ishlariga tayyorgarligi, qutqaruv kuch-vositalarining kon-qutqaruv ishlariga shayligi hamda avariyaviy vaziyatlarda taktik harakatlarni muvofiqligini baholash maqsadida taktik-texnik tayyorgarlik amaliy mashqlari o’tkazildi.
Bo’linma komandiri yordamchisining bevosita kuzatuvi ostida o’tkazilgan amaliy mashqlar jarayonida, shaxsiy tarkib tomonidan kon-qutqaruv asbob-anjomlarni texnik sozligini tekshiruvdan o’tkazilishi va tartib bilan foydalanishi, aloqa vositasi orqali xabarlarni qabul qilib olishi va etkazish, kon havosidan namuna olish hamda jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko’rsatish bo’yicha bilim va ko’nikmalariga alohida e’tibor qaratildi.

0

Об авторе:

  Related Posts
  • No related posts found.

Добавить комментарий